xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qabul 2023 - oliygohlar, kirish ballari 2023 va qabul kvotalari 2023

Mutaxassisliklar
O'rtacha ball
Qabul kvotasi
Mutaxassisliklar
O'rtacha ball
Qabul kvotasi

Oliygohlarga qabul jarayonlari

2023 yil - abituriyentlar uchun muhim yangiliklar va o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Bu yilda O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlar uchun qabul jarayonlari, kvotalari va kirish ballari haqida barcha ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

2023 yilda O‘zbekiston oliygohlariga qabul jarayoni bir qator yangi qoida va mezonlarni o‘z ichiga oladi. Davlat oliygohlariga kirish uchun abituriyentlar bir nechta bosqichdan o‘tishi lozim:

  1. Hujjat topshirish: Abituriyentlarning xujjat topshirish jarayoni to‘liq onlayn - Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
  2. Imtihonlar: Oliygohlarga kirish uchun mutaxassislik fanlari va majburiy fanlardan imtihon topshirishadi. Bu fanlar tanlagan mutaxassislik va yo‘nalishingizga qarab belgilanadi.
  3. Natijalar: Imtihon natijalari rasmiy veb-saytlarda va oliygoh binolarida e’lon qilinadi.

Qabul kvotalari 2023

Har yili O‘zbekiston oliygohlari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun belgilangan kvotalarni e’lon qiladi. Kvotalar oliygohning o‘qitish qobiliyati, shuningdek, talab va ehtiyojlarga asoslanadi. 2023 yilda kvotalar har yilgidan ko‘proq abituriyentlarga oliy ta’lim olish imkonini beradi.

Kirish ballari 2023

Kirish ballari har yili DTM test natijalari va minimal o‘tish baliga asosan yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalariga asosan elon qilinadi. Kirish ballarining chegarasiga tasir qiluvchi omillar bu - oliygohning obro‘si, yo‘nalishning qiyinligi va abituriyentlarning test natijalari ko‘rsatkichlari hisoblanadi.

#onlayn hujjat topshirish #abituriyent #qabul kvotalari #Qabul-2023 #kirish ballari