xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

14 foizlik ta’lim kreditidan ham 12 fozini qaytarib olsa bo‘ladi

16-mart 17:58
14 foizlik ta’lim kreditidan ham 12 fozini qaytarib olsa bo‘ladi

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabaning kontraktini to‘lovchi shaxslar uchun soliq imtiyozi mavjud. Bunda to‘lov-kontrakt summasi uchun sarflangan pul mablag‘laridan daromad solig‘i - 12% undirilmaydi.

✔️Ushbu imtiyozdan ta’lim krediti olingan bo‘lsa ham foydalanish mumkin.

Masalan:

  • Siz bir yillik kontrakt qiymati uchun 14% ga ta’lim krediti oldingiz. Keyin siz ushbu kreditni to‘lash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ingizdan 12%lik daromad solig‘ini soliq organlaridan qaytarib olishingiz mumkin.

Naqd, plastik yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilgan kontrakt to‘lovlaridan ham 12%lik daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin.