xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2 mingta grant uchun tavsiyanomaga ariza qabuli bugun tugaydi

08-iyun 16:08
2 mingta grant uchun tavsiyanomaga ariza qabuli bugun tugaydi

Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirish 30-maydan boshlangandi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

  • Kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lgan qizlarga;
  • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
  • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
  • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
  • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Talabgorlardan arizalar https://xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.