xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qabul-2024:20 ming abituriyentning chet tilidan maksimal balli bor

06-iyul 11:31
Qabul-2024:20 ming abituriyentning chet tilidan maksimal balli bor

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

Avvalroq joriy yilgi test sinovlariga 2.690 nafar nazoratchi jalb etilib va 12 kun davom etishi haqida xabar berilgandi