xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2022-yilda talabalikka tavsiya etilganlar testda o‘rtacha necha ball to‘plagan?

14.04.2023 13:31
2022-yilda talabalikka tavsiya etilganlar testda o‘rtacha necha ball to‘plagan?

2022-yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 101,2 ballni tashkil etdi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha) quyidagicha:

  • Buxoro viloyati — 107,63 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 106,52 ball;
  • Xorazm viloyati — 104,3 ball;
  • Toshkent shahri — 103,43 ball;
  • Namangan viloyati — 102,32 ball.

Talabalikka tavsiya etilgan 2022-yil bitiruvchilarining test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 110,7 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar:

  • Buxoro viloyati — 117,45 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 115,64 ball;
  • Toshkent shahri — 113,28 ball;
  • Navoiy viloyati — 113,11 ball;
  • Namangan viloyati — 111,55 ball.