xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

24-avgust 12:10
2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

  • 42 655 nafari — davlat granti;
  • 150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
  • Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

  • davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
  • to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.