xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023-2024-o‘quv yili uchun hujjat topshirish qachon boshlanadi?

5.06.2023 17:42
2023-2024-o‘quv yili uchun hujjat topshirish qachon boshlanadi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

  • biometrik pasport yoki ID-karta;
  • umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.