xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyent milliy sertifikat olsa kirish imtihoni topshirmasa ham bo‘ladimi?

18-mart 15:28
Abituriyent milliy sertifikat olsa kirish imtihoni topshirmasa ham bo‘ladimi?

Albatta bo‘ladi! Abituriyentlar quyidagi fanlar bo‘yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo‘yishi mumkin:

  1. Matematika
  2. Biologiya
  3. Kimyo,
  4. Fizika
  5. Ona tili va adabiyot (rus, qoraqalpoq)
  6. Tarix
  7. Geografiya

Eslatma: Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yo‘q (chet tillaridan boshqa) balki kelgusi yillardan qo‘shilishi mumkin.

Masalan, tibbiyot universitetiga topshirayotgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qo‘ysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi xolos.

Yoki bo‘lmasa, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti bo‘lgan pedagogika yo‘nalishiga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent Tarix va Ona tili fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo‘lsa unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qo‘yadi. Kirish imtihonida faqat Matematika fanidan majburiy blok teslarini ishlaydi holos! Agar Matematika majburiy blokni ham ishlagisi kelmasa bu fandan ham milliy sertifikat olib qo‘yishi mumkin.

Mazzami? Qarang, qanday imkoniyatlar bor!

Shu yilning may oyiga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan milliy sertifikat imtihonlari sanalari quyida keltirilgan:

👉 https://t.me/talimuz/99