xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan

17-avgust 09:54
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to‘plaganlar kvotada joy bo‘lsa ham o‘qishga kira olmaydi.

56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O‘tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.

🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:

  • Toshkent shahri — 4,4%
  • Buxoro — 4,4%
  • Toshkent viloyati — 3,5%
  • Namangan — 3,3%
  • Farg‘ona — 2,4%

🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o‘tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.