xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Akademik litseyga qabulda maksimal ball qancha?

03-iyul 04:50
Akademik litseyga qabulda maksimal ball qancha?

2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari

Barcha test topshiruvchilar uchun jami 60 ta test topshirig‘i bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

Maksimal ball qanday hisoblanadi?

  • IQ bo‘yicha: 1.1*20 = 22 ball
  • 1-fan bo‘yicha: 3.1*20 = 62 ball
  • 2-fan bo‘yicha: 3.1*20 = 62 ball

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146 ball.

Ta’lim yo‘nalishlari va mos fanlar

Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan fanlar majmuasi hamda test topshiriqlari soni quyidagi jadvalda keltirilgan:

Ta’lim yo‘nalishlari kodi Ta’lim yo‘nalishlari nomi 1-fan 2-fan Ijodiy imtihon o‘tkaziladigan fan
3910001 Aniq fanlar-1 Matematika Fizika -
3910002 Aniq fanlar-2 Matematika Xorijiy til -
3910003 Aniq fanlar-3 Matematika - Rasm va chizmachilik
3910004 Aniq fanlar-4 Matematika Ona tili va adabiyot -
3910005 Aniq fanlar-5 Matematika Geografiya -
3920001 Tabiiy fanlar-1 Biologiya Kimyo -
3920002 Tabiiy fanlar-2 Kimyo Biologiya -
3930001 Ijtimoiy-gumanitar fanlar-1 Ona tili va adabiyot Xorijiy til -
3930002 Ijtimoiy-gumanitar fanlar-2 Tarix Xorijiy til -
3930003 Ijtimoiy-gumanitar fanlar-3 Ona tili va adabiyot Biologiya -
3930004 Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4 Tarix Geografiya -
3930005 Ijtimoiy-gumanitar fanlar-5 Huquqshunoslik Xorijiy til -
3940000 Xorijiy tillar Xorijiy til Ona tili va adabiyot -

Bu ma’lumotlar asosida siz akademik litseylarga kirish imtihonlarida maksimal ballni qanday to‘plash mumkinligini bilib olasiz. Bu sizga o‘z bilimlaringizni baholashda va testga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.