xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

16.07.2023 14:30
Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

Kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti

  • birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi.
  • ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlarini oʻtkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) asosan bu yildan e’tiboran ALga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.