xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘quv yilining istalgan davrida talabalarga akademik ta’til beriladimi?

1.02.2023 22:08
O‘quv yilining istalgan davrida talabalarga akademik ta’til  beriladimi?

Talabalarga akademik ta’til o‘quv yilining istalgan davrida, quyidagi muddatlarga beriladi:

  • harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
  • homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);
  • salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.