xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilari 2-kursga qabul qilinishi yuzasidan munosabat bildirdi

25-sentabr 11:29
Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilari 2-kursga qabul qilinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Central Asian University — sobiq Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilarining univeristetga qabul qilinishi bilan bogʻliq xabarlarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, bundan ikki yil avval Akfa universitetining sobiq rektori tomonidan “Study for the success” MChJni Universitet ta’sischisidan yashirin holda, firibgarlik yo‘li bilan o‘ziga qo‘shimcha mablag‘ ishlash maqsadida jalb qilgan, amaldagi qonunlarga xilof yo‘l bilan ushbu MChJ nomidan ota-onalar bilan shartnomalar tuzgan.

Shartnomaga muvofiq ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10-11 sinflarida o‘qish bilan bir vaqtning o‘zida Akfa universitetining 1-bosqichini o‘qib tugatishi va maktabni bitirishi bilanoq Universitetning 2-bosqichiga qabul qilinishi MChJ tomonidan va’da qilingan va ota-onalar ushbu xizmat evaziga MChJ hisob raqamiga muayyan to‘lovlarni qilishgan.

Shuningdek, MCHJning hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari B.Djalilovning turmush ortog‘iga tegishli bo‘lgan MCHJ tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan.

💬 “Biroq, ushbu MChJning Akfa universitetiga hech qanday aloqasi yo‘q. O‘quvchilarni maktabda o‘qib turgan vaqtida universitet dasturlariga qabul qilish ham qonunchilikka zid. MChJ ta’sis hujjatidan ko‘rinib turibdiki, u sobiq rektorning yaqin qarindoshi tomonidan ta’sis etilgan, kontakt ma’lumotlari ham unga tegishli, o‘zini banklarning birida alohida hisob raqamlari mavjud,” – deyiladi universitet bayonotida.

Ushbu ish yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, jabrlanuvchilar tuman prokuraturasiga tegishli shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Universitet o‘z o‘rnida, B. Djalilovning qonunga xilof hatti-harakatlaridan jabrlangan va qo‘lida shahodatnomalari (11 sinf) bor bolalarni tez kunlarda, o‘rnatilgan tartibda Universitetning 1-bosqichiga qo‘shimcha qabul qilishini ota-onalarga ma’lum qildi.