xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Andijon davlat universitetida 40 mlrd so‘mga yaqin pul talon-taroj qilingan

11-oktabr 14:07
Andijon davlat universitetida 40 mlrd so‘mga yaqin pul talon-taroj qilingan

Hisob palatasi o‘rganishiga ko‘ra, o‘g‘rilik quyidagicha amalga oshirilgan:

  • Kontraktda o‘qiydigan 8,7 ming talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
  • To‘langan 9,3 mlrd so‘m kontrakt universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan.
  • 2,2 ming talabaga talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;
  • Yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisobraqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan.
  • Talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;

❗️Xullas, talabalar haqidan ham urib qolishgan va ulardan ham foydalanishgan. Ma’lumotlar tegishli organlarga yuborilgan.