xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi

10-may 12:23
Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi

2023-yilgi qabuldan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida bo‘lmoqda.

Ya’ni bu yo‘nalishlarga kiradigan magistratura va ordinatura talabalari kontrakt asosida emas, faqat grant asosida o‘qiydi.

Yana bir yangilik: 2023-yil 1-iyuldan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt va suitsidologlarning ustamasi 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

Xabarni tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan yoki shu yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan tanishlarimizga yuborib qo‘yamiz.