xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023-yildan ko‘plab ta’lim yo‘nalishlarida qabul bo‘lmaydi. Ro‘yxat bilan tanishing

19.02.2023 00:34
2023-yildan ko‘plab ta’lim yo‘nalishlarida qabul bo‘lmaydi. Ro‘yxat bilan tanishing

Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi

Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi, boshqa yo‘nalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, prezidentning 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika

60110700 — Fizika va astronomiya

60110800 — Kimyo

60110900 — Biologiya

60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti

60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)

60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili

60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)

60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

60112500 — Maktab menejmenti

60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)

60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Yuqoridagi ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.