xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yilgi maktab bitiruvchilari shahodatnomani elektron oladi

23.06.2023 10:41
Bu yilgi maktab bitiruvchilari shahodatnomani elektron oladi

2023-yil maktabni bitirayotganlar qog‘oz variantda shahodatnoma olishmaydi.

Elektron shahodatnoma qayerdan qanday qilib olinadi? Bitiruvchi shahodatnomasini e-shahodatnoma.uz platformasidan pasport (yoki ID karta yo tug‘ilganlik guvohnomasi) ma’lumotlarini kiritib bepul yuklab oladi. Agar shahodatnoma yo‘qolsa, yana qayta bepul yuklab olish imkoni bor.

Internet kirib bormagan chekka qishloqdagi maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar yuklab olinib qog‘ozga chiqarilgan holatda beriladi.

Agar shahodatnomada biror xatolik borligini sezsa, bitiruvchi o‘zi o‘qigan maktabga murojaat qiladi. Xatolik asosli bo‘lsa, unga yangi shahodatnoma shakllantirib beriladi.