xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bugun Oʻzbekistonda bir soatga chiroqlar oʻchadi

25-mart 13:50
Bugun Oʻzbekistonda bir soatga chiroqlar oʻchadi

25-mart kuni butun Oʻzbekistonda boʻladigan “Yer soati” tadbiri doirasida barcha davlat tashkilotlarida bir soatga elektr energiyasi tarmoqdan uziladi.

Rahbarlar va xodimlar, taʻlim oluvchilarga 1 soat davomida ixtiyoriy ravishda tashqarida sayr qilishi tavsiya etiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini aksiyaga qoʻshilishga va elektr energiyasini tejash uchun bir soatga oʻchirishga chaqirmoqda.