xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

10-oktabr 13:33
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.