xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

DTM sayt manzili boshqa nomga o‘zgarmoqda!

1.03.2023 00:31
DTM sayt manzili boshqa nomga o‘zgarmoqda!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etildi.

Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.