xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham davlat grantlari ajratilishi mumkin

7.02.2023 16:30
Kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham davlat grantlari ajratilishi mumkin

Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratilish taklif etilmoqda.

Natijada, joriy yilda dual ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida kamida 5,7 ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Dual ta’lim shaklida o‘quvchi professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni oladi va bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi (Germaniya, Shveysariya, Avstriya tajribasi).

Shuningdek, 2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash tizimi talablariga to‘liq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilish nazarda tutilgan.

Natijada, namunaviy profta’lim muassasalari Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), KFV banki, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasini, Koreyaning “YeDSF” fondi bilan birgalikda tashkil etiladi.

Ushbu muassasalar faoliyatiga zamonaviy standartlarni joriy qilish uchun ularga o‘quv reja va dasturlarni, ta’lim shakli va muddatini mustaqil belgilashga ruxsat etiladi. Shuningdek, har bitta muassasaga 4 nafardan xorijiy ekspertlar jalb etiladi.

Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish mumkin: https://2023.strategy.uz/83-2/