xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

DXX akademiyasiga kimlar qabul qilinadi? Bugun hujjat topshirishning oxirgi kuni

10-noyabr 15:36
DXX akademiyasiga kimlar qabul qilinadi? Bugun hujjat topshirishning oxirgi kuni

Hukumat qarori (№241, 27.04.2021) bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra DXX akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga sogʻligʻining holatiga koʻra yaroqli deb topilgan, boʻyi 170 sm dan past boʻlmagan hamda belgilangan tartibda tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi yosh chegaralaridagi nomzodlar (erkak jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolari) qabul qilinadi:

  • 17 yoshdan yigirma 23 yoshcha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili 17 yoshga toʻladigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari;
  • 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili 18 yoshga toʻladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega boʻlmagan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional maʼlumotga ega rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;
  • 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar;
  • 26 yoshgacha boʻlgan va Akademiyada bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish istagini bildirgan respublika OTMlarining 1- va 2-kurs (qabul yilida) talabalari. Bunda, saralab olishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Akademiyada oʻqishni birinchi kursdan boshlaydi.