xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“El-yurt umidi” jamg‘armasi granti uchun 2-stipendiya tanlovi boshlandi

11-oktabr 13:24
“El-yurt umidi” jamg‘armasi granti uchun 2-stipendiya tanlovi boshlandi

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini 10-oktabrdan 10-noyabrgacha admission.eyuf.uz platformasi orqali onlayn yuborishlari mumkin.

2-tanlovda xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 345 ta:

  • bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 ta;
  • magistratura ta’lim dasturi uchun 193 ta;
  • doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 ta o‘rin ajratiladi.

❗️ Eslatma: nomzodlar tomonidan tizimga yuklanadigan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi / shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance) yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.