xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi Namangan davlat chet tillar institutida italyan tili o‘rgatiladi

19.02.2023 23:20
Endi Namangan davlat chet tillar institutida italyan tili o‘rgatiladi

Namangan davlat chet tillar institutida italyan tili o‘rgatiladi

Foto: Edu.uz

Namangan davlat chet tillari instituti rahbariyati 13–18-fevral kunlari Italiyaning Sannio universitetida bo‘lib, ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, institutda italyan tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishni boshlash yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Foto: Edu.uz

Uchrashuv yakunida Namangan davlat chet tillari instituti va Sannio universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Shuningdek, institut Italiyaning Kalabria va Piza universitetlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Ma’lumot uchun: institut 2022-yilda Is’hoqxon Ibrat nomida tashkil etilgan.