xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

25-iyul 10:16
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.

2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.

3. Taʼlimning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.

4. Taʼlim – bu vaqt emas. Taʼlim – bu harakatdir.

5. Hayot – bu faqat taʼlim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?

6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.

7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.

8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qatʼiyat orqali erishiladi.

9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.

10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.

11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.

13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.

15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.

16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.