xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Hujjatimni nostrifikatsiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?

24-aprel 21:46
Hujjatimni nostrifikatsiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?

Nostrifikatsiya qildirishning 2 xil usuli mavjud:

  • 1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz) orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor boʻladi.

Bu uchun:

  • Portalga (https://my.gov.uz/oz) kirasiz.
  • Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
  • Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Ta’lim boʻlimi tanlaysiz.
  • Diplomni nostrifikatsiyalash boʻlimiga kirasiz.
  • Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
  • To‘lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali). To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHM ning 2.7 (2023-yil 20-aprel holatiga ko‘ra, 810000 so‘m) miqdoriga teng.

2-usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o‘zingizga eng yaqin va qulay bo‘lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi:

  • Хorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi:
  • Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

manba