xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

14-mart 00:52
Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

  • ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;
  • ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.