xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ikkinchi mutaxassislikka imtihon qanday bo‘ladi?

12-iyul 11:53
Ikkinchi mutaxassislikka imtihon qanday bo‘ladi?

Ayni paytda 2-mutaxassislik uchun qabul davom etyapti. Kvotalar tasdiqlandi. 2-mutaxassislikka oliy ma’lumotga ega abituriyentlar hujjat topshira oladi. 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qishni boshlashadi.

2-mutaxassislikka kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Demak, 2-mutaxassislikda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar o‘zlari hujjat topshirgan OTM rasmiy sahifalarini kuzatishlari maqsadga muvofiq.