xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Imtihon oldidan abituriyentlar uchun eng kerakli duolar

09-iyul 15:15
Imtihon oldidan abituriyentlar uchun eng kerakli duolar

Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik

Sanoq kunlaridan keyin oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Aksar abituriyentlar bu imtihonga qattiq kirishib, kunu tun talaba bo‘lish niyatida harakat qilmoqdalar. Darhaqiqat, talaba bo‘lish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Bunda, raqobat kuchli bo‘lib, yil sayin talaba bo‘lishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda.

Tavakkul va duo qilishning ahamiyati

Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim. Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilm bilan Vatan, xalq, oila xizmatida bo‘lish niyati bo‘lsin. Ilm olish niyatida bo‘lgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Yaratgandan so‘rab qolamiz.

Duolar

«Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri»

Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

«Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatam min lisani yafqohu qovliy» (Toho, 25-28)

Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduklikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

«Robbi zidni ’ilman va fahman»

Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

Manba: Muslim.uz