xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Islom bilim yurtlariga test sinovlari 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

15-avgust 14:28
Islom bilim yurtlariga test sinovlari 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 17-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatilmoqda.