xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilmoqda

4.05.2023 23:36
Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilmoqda

Unda bakalavr va magistratura uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Talabalarga 6500 yevrodan 8 ming yevrogacha stipendiya taqdim etiladi.

Foto: ESB Business School

Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilmoqda.

Dastur ingliz tilida o‘qitiladigan magistratura yoki biznes va iqtisod bo‘yicha menejment bakalavriatiga qabul qilingan xalqaro talabalarga 24 ta stipendiya ajratadi.

Nomzodlar grant uchun alohida hujjat topshirishlari shart emas. Universitet uchun qabul qilingan barcha talabalar avtomatik ravishda ko‘rib chiqiladi hamda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

  • CV;
  • Suhbat natijasi;
  • GPA;
  • nomzodning kelib chiqish mamlakati (iqtisodiy jihatdan rivojlanishi past mamlakat nomzodlari ustunlikka ega).

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi talab qilinadi (darajalar yo‘nalishiga qarab farqlanadi) hamda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha talablariga mos kelishi kerak.

Qabul qilinganlarga quyidagicha tartibda stipendiya ajratiladi:

  • kursning birinchi yili: 6500 yevro va universitet to‘lovlaridan ozod qilish (mintaqaviy soliqlar uchun 140 yevro va davlat boji uchun 16 yevrodan tashqari);
  • magistratura uchun kursning ikkinchi yili: 8 ming yevro va universitet to‘lovlarining 50%ga kamayishi (agar talaba kamida 36 CFU kreditini olgan bo‘lsa);
  • bakalavr darajasining ikkinchi va uchinchi yili: 8 ming yevro va universitet to‘lovlarining 50%ga kamayishi (agar talaba kamida 36 CFU krediti (birinchi yil) va 96 CFU krediti (ikkinchi yil) olgan bo‘lsa).

Grantlar har yili 5 oylik interval bilan ikki qismda to‘lanadi. Ikkinchi va uchinchi yil uchun grant ajratish talablari keyingi o‘quv yilining boshida (sentabr-oktabr oxiri) baholanadi.

Arizalarni qabul qilish muddati yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Shuning uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha kengroq ma’lumot olish tavsiya etiladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.