xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

22-iyul 09:32
Ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga, 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:

  • “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
  • Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi"

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.