xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 dollar oylik stipendiya olish imkoniyati!

17.03.2023 00:57
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 dollar oylik stipendiya olish imkoniyati!

Iqtidorli va yetakchilik sifatlariga ega talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan JACAFA The Nippon Foundation Scholarship Program stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu stipendiya ijtimoiy fanlar, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va mahalliy qishloq xoʻjaligi rivojlanishi sohalarida toʻliq taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu dasturga Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Gruziyadagi universitetlarda bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 2-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma’lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 2 oʻquv yili yil davomida (2023-2025-yillar) oyiga 110 AQSH dollari stipendiya taqdim etiladi. Stipendiya talabaning oʻqishga oid xarajatlari va mashgʻulotlari uchun sarflanishga moʻljallangan.
  • Dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlarida turli tadbirlar uyushtiriladi va gʻoliblar bu tadbirlarga qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
  • Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar JACAFA Japan Visit Program musobaqasiga qatnashishi mumkin. Saralangan ishtirokchilar Yaponiyaga sayohat qiladi, barcha xarajatlar qoplanadi.
  • Dastur bitiruvchilar kichik hajmli loyihlalar uchun yiliga 10 000 dollargacha grant olish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon yoki Gruziya fuqarosi boʻlish lozim.
  2. Oʻzbekiston uchun: faqat Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida tajsil oluvchi talabalar ariza topshira oladi (izoh: rasmiy eʼlon bu alohida qayd etilmagan. Oʻtgan yili ham rasmiy eʼlonda bu alohida qayd etilmagandi, biroq Toshkent shahridan boshqa hududlarda joylashgan OTM talabalari ariza topshirganida, ularga faqat Toshkent shahridagi OTM talabalari ariza topshirishi mumkinligi aytib, ularning arizasi qabul qilinmagan. Bu talabni [email protected] emailiga xabar yozish orqali shaxsan tekshirib koʻrishingiz mumkin).
  3. Nomzodning baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi va grant berilgandan keyin ham shu koʻrsatkich pasaymasligi shart. Bu koʻrsatkich 100 ballik tizimda 75 ball, 5 ballik tizimda 3,75 ballga teng.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va IELTS, TOEFL, TOEIC sertifikati yoki universitetda ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarni tamomlaganlik tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzodning yoshi stipendiya berila boshlaydigan vaqtda (2023-yil oktabr) 23 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  6. Nomzod talaba bo‘lishi va bakalavriat bosqichida 3-kursni boshlash arafasida boʻlishi lozim. Yaʼni 2023-yilning yozida 2-kursni bitiradigan talabalar ushbu dasturga ariza topshira oladi.
  7. Nomzod ijtimoiy fanlar, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va mahalliy qishloq xoʻjaligi rivojlanishi sohalariga yoki shunga aloqador sohalarda toʻliq taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi. Dasturga ariza topshirmoqchi boʻlganlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  1. Toʻldirilgan onlayn ariza shakli. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.
  2. Xorijga chiqish pasporti nusxasi.
  3. Sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma.
  4. Hozirda talaba ekanlikni tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi/kartasi) nusxasi.
  5. Universitetda olingan baholarning skanerlangan nusxasi.
  6. Kamida 2 nafar universitet oʻqituvchisidan tavsiynoma.
  7. Ingliz tilida insho. Insho nomzodning oʻzi haqida boʻlishi, uni qanday shaxs ekanini ochib berishi, jumladan, nomzodning taʼlim va tarbiyasi, eng katta yutuqlari, uning akademik va kasbiy oʻsishda taʼsir koʻrsatgan tajriba va insonlar, nega aynan hozirda oʻqiyotgan sohani tanlaganlik haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.

Onlayn arizadan boshqa barcha hujjatlar [email protected] elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Hujjat toppshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan 2023-yilning may va iyun oylarida intervyu qilinadi. Intervyular onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Yakuniy natijalar 2023-yil iyul oyida eʼlon qilinadi.

2021-yilda mazkur stipendiyani qoʻlga kiritgan hamurtimizning (qiz talaba) topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

2020-yilda mazkur stipendiyani qoʻlga kiritgan hamurtimizning (qiz talaba) topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

2021-yilda ushbu stipendiyani qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan [email protected] elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.