xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Jamoat salomatligi texnikumlariga ham “Superkontrakt” joriy etilishi mumkin!

22-avgust 14:41
Jamoat salomatligi texnikumlariga ham “Superkontrakt” joriy etilishi mumkin!

Hukumat qarori loyihasiga koʻra jamoat salomatligi texnikumlariga kirish sinovlarida oʻtish balini toʻplay olmagan ammo oʻqish istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.

Bunda, Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsati bilan taʼlim muassasasi oʻqitish imkoniyati hisobga olinadi.

Mazkur taʼlim muassasasida oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan va oʻtish balidan past ball toʻplagan abituriyentlar uchun oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • Oʻtish baliga 3 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 2 barobari;
  • Oʻtish baliga 4-6 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 3 barobari;
  • Oʻtish baliga 7-9 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 4 barobari;
  • Oʻtish baliga 10-20 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 5 barobari miqdoridagi mablagʻlar toʻlovi belgilangan muddatlarda oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilgandan soʻng ular qabul parametrlaridan tashqari oʻquvchilar safiga qabul qilinadi va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.