xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining filiali tashkil etilishi mumkin

03-fevral 11:09
Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining filiali tashkil etilishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining Chirchiq shahridagi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Filialga 2024/2025-oʻquv yili boshlangunga qadar M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti bilan birgalikda filial professor-oʻqituvchilarining tarkibi yuqori malakali, jumladan, 40 foiz M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti professor-oʻqituvchilari bilan toʻldirilishini, kutubxona fondini zamonaviy adabiyotlar bilan shakllantirishni taʼminlash vazifasi belgilanganadi.

Loyihaga koʻra:

- filialga qabul parametrlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Filialning vasiylik kengashi qaroriga binoan tasdiqlanadi;

- filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizdan kam boʻlmagan qismini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli talaba boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni Filial mablagʻlari hisobidan bepul oʻqishga qabul qilish uchun ajratadi;

- kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;

- abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Filial hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Filial tomonidan belgilanadigan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

- bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Universitet diplomi beriladi.

Filial taʼlim faoliyatini Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida oʻz hisobidan ijara shartnomasi asosida yuritishi belgilanadi.