xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

05-iyul 05:19
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.