xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kimlarga o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi?

04-oktabr 10:10
Kimlarga o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi?

Yoshlar daftariga kirgan yoshning ilm-fan, sport, madaniyat yo‘nalishlarida o‘qishi uchun uzog‘i 6 oygacha, har oy 1 BHM — 330 ming so‘m to‘lab beriladi. Bunda mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi kerak bo‘ladi.

✔️ Bundan tashqari, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha, har oy 4 BHM — 1,3 mln so‘mgacha pul ajratiladi.

Kursda o‘qimoqchi bo‘lgan yosh o‘zi va o‘quv markazi o‘rtasidagi shartnomani taqdim etishi kerak.

✔️ Respublika bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kirganlar o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quv markazlari ro‘yxatlari mavjud. Undan hamma o‘z hududiga yaqinini topib tanishishi mumkin.

⭐️ Ro‘yxat

❗️ Eslatma: 6 oygacha pul ajratilgach, bu muddatda subsidiya olayotgan shaxs o‘quv kursida o‘qishi kerak. Buni yoshlar yetakchisi tekshirib turadi.

🚪 Xabarni repetitorga borishga qiynalayotgan tanishlaringizga yuboring.