xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ushbu abituriyentlar imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul qilinadi

21-avgust 23:16
Ushbu abituriyentlar imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul qilinadi

Qonuchilikka ko‘ra, quyidagi abiturientlar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarisiz, qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi:

  • Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseyni tamomlagan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 56 va undan yuqori foizlik natijaga ega bitiruvchilar;
  • joriy yilda o‘qishga kirish uchun respublika OTMning “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlarida o‘tish balini to‘plagan abiturientlar;
  • chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abiturientlar.

Ushbu toifadagi abiturientlar joriy yil 25 sentabrga qadar (shu kuni ham) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.