xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kollej, texnikumlarga test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

23-sentabr 10:54
Kollej, texnikumlarga test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

  • 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi 5 ta fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Testni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin borishlari kerak.