xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta tashkil etiladi, davlat granti ulushi oshiriladi

9.02.2023 17:16
Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta tashkil etiladi, davlat granti ulushi oshiriladi

Davlat dasturi loyihasida 2023-yilning avgust oyiga qadar professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra:

  • kollej va texnikumlarga oʻquvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etiladi;
  • texnikumlarda mutaxassislik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkaziladi;
  • xususiy sektorning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yoʻlga qoʻyiladi.

Ma’lumot uchun, professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.