xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kollej va texnikumlarga yakuniy (mandat) javoblari e’lon qilindi

03-oktabr 17:54
Kollej va texnikumlarga yakuniy (mandat) javoblari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2023-yil 26-30-sentabr kunlari 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.

Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

❕ Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.