xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent shahrida korrupsiyada eng ko‘p jinoyat qilganlar ta’lim sohasida aniqlandi

2.02.2023 00:39
Toshkent shahrida korrupsiyada eng ko‘p jinoyat qilganlar ta’lim sohasida aniqlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2022-yil davomida 12 141 nafar shaxsga nisbatan 9 807 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan.

Sudlar tomonidan 2022-yil davomida jami 161 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan, 2 321 ta holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.Jinoyat oqibatida yetkazilgan 293,4 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 109 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan, 1 759 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.

Sohalar bo‘yicha qaralsa, korrupsiyaga oid ko‘rib tamomlangan ishlar bo‘yicha shaxslar toifasida:

  • ta’lim sohasida 32 nafar;
  • sog‘liqni saqlash sohasida 16 nafar;
  • bank yo‘nalishida 7 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.