xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ko‘zi ojiz abituriyentlar toifasiga kimlar kiradi?

16-iyul 14:10
Ko‘zi ojiz abituriyentlar toifasiga kimlar kiradi?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifalar ko‘zi ojiz abituriyentlar hisoblanadi:

  • Maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
  • Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
  • 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida o‘qigan va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasasi diplomiga ega bo‘lgan shaxslar;
  • oddiy maktab yoki litsey, kollej shahodatnomasi yoki diplomiga ega, ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslar.

Bu toifadagi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari 26-iyulgacha o‘tkazib bo‘linadi.