xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygoh talabalari o‘qishi davlat oliygohlariga imtihonsiz ko‘chirilishi bu – MIF!

07-mart 11:38
Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygoh talabalari o‘qishi davlat oliygohlariga imtihonsiz ko‘chirilishi bu – MIF!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilgani haqida xabar berdi. Biroq, xabarda talabalar qaysi ta’lim tashkilotlariga hamda qaysi shaklda o‘qishi ko‘chirilganiga aniqlik kiritilmagan.

Vazirlik sanab o‘tgan ikki nodavlat oliy ta’lim tashkilot talabalari faqat boshqa nodavlat OTMlarga ko‘chirilgan.

Tugatilgan oliygoh talabalari davlat oliygohlariga faqatgina yozgi qabul jarayonlarida (15-iyuldan 5-avgustgacha) imtihon asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

Imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish bu shunchaki manfaatdor tomonlar tarqalayotgan afsona