xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Magistraturaga hujjat topshirganlar 11 mingdan oshdi

24-iyul 20:41
Magistraturaga hujjat topshirganlar 11 mingdan oshdi

30-iyulgacha OTMlarning magistraturasiga qabul davom etadi. Hozirgacha 11 149 abituriyent magistraturaga hujjat topshirgan.

Bu yil magistraturaga 17,1 ming kvota ajratilgan. Yana 6 ming abituriyent hujjat topshirsa, kvota to‘ladi.

Oliy ta’lim vaziri bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta — yoz oyida bo‘lishini bildirgandi.

Prezident farmoniga ko‘ra esa, qachonki yozgi qabulda kvota to‘lmay qolsagina, Qabul komissiyasi qishki qabulga ruxsat berishi kerak.