xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Majburiy fanlar blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

11-may 10:50
Majburiy fanlar blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

Ma’lumki, OTM kirish imtihonlarida barcha yo‘nalish abituriyentlari mutaxassisligidan qat’iy nazar majburiy blok fanlaridan test topshirishadi. Xattoki, ijodiy imtixon topshiruvchi abituriyentlar ham!

Majburiy fanlarga qanday tayyorlanish kerak?

Yaxshiyamki, Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti e’lon qilingan. Bu ma’lumotlar sizga qanday tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

Taqsimotga ko‘ra, majburiy fanlar quyidagicha tuziladi:

1⃣ Ona tili (oʻzbek):— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;— Grammatika — 20 %.

2⃣ Ona tili (rus):— Fonetika — 10 %;— Leksika — 10%;— Grammatika — 40 %;— Orfografiya — 40 %.

3⃣ Ona tili (qoraqalpoq):— Fonetika — 10 %;— Leksika — 20 %;— Grammatika — 40 %;— Orfografiya — 30 %.

4⃣ Matematika:— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;— Geometriya — 30 %.

5⃣ Oʻzbekiston tarixi:— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.

Shuningdek, o‘qing:

Mutaxassislik fan blokidagi testlar qaysi mavzulardan tuziladi (ro‘yxat)