xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maksimal ball 189 bo‘ladi! 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt!

06-iyun 15:53
Maksimal ball 189 bo‘ladi! 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt!

Kirish imtihonida 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.

  • Har biri uchun 1,1 balldan.
  • Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.

  • Har biri uchun 1,1 balldan.
  • Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

  • Har biri uchun 1,1 balldan.
  • Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat.