xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkinmi?

16-aprel 11:08
Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkinmi?

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.

Bundan tashqari:

  • Darsda "naushnik" ishlatish;
  • Taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
  • Boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

Qanday jazo bor? Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.