xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maqsad qo‘yish muhim

30-iyun 02:23
Maqsad qo‘yish muhim

1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o‘tkaziladi. MBAning barcha bitiruvchilariga quyidagi savol beriladi:

  • “Hayotda siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”

Javoblar quyidagicha bo‘lgan:

  • 84% bitiruvchilar maqsadi yo‘qligini aytishgan.
  • 13% bitiruvchilar o‘z maqsadlarini ayta olishgan, faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan.
  • 3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo‘yishganliklarini e’tirof etishgan.

Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishadi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishadi:

  • 13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo‘lishgan.
  • 3% maqsadini yozib qo‘ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo‘lishgan.

Xulosa

Inson hayoti davomida biror maqsad qo‘ysa va unga intilsa, o‘zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.