xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Mart-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

17-mart 18:33
Mart-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.